Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Turnirga start berildi

06 Iyun 2023, 06:06

867

Futbolni rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar millionlar o‘yinining yanada ommalashishiga turtki bermoqda. Turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan galdagi turnir ham fikrimizga misol bo‘la oladi.

IIV Akademiyasi mezbonlik qilayotgan musobaqada Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti xodim va kursantlaridan tarkib topgan jami 6 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Turnirning tantanali ochilish marosimida IIV Akademiyasi rahbariyati vakillari so‘z olib, davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan turnir harbiy va harbiylashtirilgan oliy o‘quv muassasalarida futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.

Shundan so‘ng turnirga start berildi. Qur’a natijasiga ko‘ra, ilk o‘yin Bojxona instituti va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoalari o‘rtasida kechdi. Murosasiz bahs 2:0 hisobida “tankchi”lar foydasiga hal bo‘ldi. Keyingi uchrashuvda IIV Akademiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi vakillari maydonga tushishdi. Mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yin 5:0 hisobida yakunlandi. Nihoyat, so‘nggi o‘yinda Jamoat xavfsizligi universiteti futbolchilari Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasini 2:0 hisobi bilan yengishdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyunga qadar davom etadigan turnirda jamoalar aylanma shaklda o‘zaro kuch sinashadi. Dastlabki uchlikni egallagan jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin oladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech