Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Turnir yakunlandi

24 Oktyabr 2023, 09:10

808

Avval xabar qilinganidek, 19–23-oktyabr kunlari IIV Akademiyasida boshliq kubogi uchun minifutbol turniri bo‘lib o‘tdi.

Besh kun davom etgan musobaqada tarkibiy tuzilmalar xodimlari va magistratura tinglovchilaridan tarkib topgan o‘nta jamoa sovrinli o‘rinlar uchun to‘p tepdi. 

Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan turnir kuchlilarni saralab berdi. Shunga ko‘ra, Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni, Tergov-kriminalistika faoliyati fakulteti jamoasi ikkinchi o‘rinni, O‘quv-uslubiy boshqarma va noixtisoslik kafedralari jamoasi esa faxrli birinchi o‘rin va kubokni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqa davomida sermahsul o‘yin ko‘rsatgan xodimlar “Eng yaxshi darbozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi.  

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech