Ayni kunlarda bir guruh ichki ishlar xodimlari Turkiya Respublikasi IIVning Xavfsizlik bosh direksiyasi o‘quv markazida malaka oshirmoqdalar.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘zaro tajriba almashish, soha xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv kurslariga IIV sohaviy xizmatlari, ta’lim muassasalari hamda hududiy ichki ishlar organlaridan xodimlar jalb qilingan.
O‘quv kursi ishtirokchilari “Kiberjinoyatlarni tadqiq qilish”, “Uyushgan jinoyatchilikni tergov qilish va uning uslublari”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish”, “Kiberjinoyatlarni tergov qilish” mavzulari doirasida xorijiy tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rganib qaytadilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati