Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Trening muvaffaqiyatli o‘tdi

14 Dekabr 2024, 04:12

125

9–14-dekabr kunlari IIV akademiyasida “Sintetik giyohvandlik vositalari, yangi turdagi psixofaol moddalar va yashirin laboratoriyalarni aniqlash” mavzuida trening o‘tkazildi.

Tadbir BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Idoralararo mobil guruhlarning muvofiqlashtiruvchi rolini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish orqali giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” loyihasi doirasida tashkil qilindi.

Trening ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) mintaqaviy vakolatxonasi, AQSh Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) hamda IIV akademiyasi vakillari, shuningdek, xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etdi.

Sintetik giyohvandlik vositalari va yangi turdagi psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishda huquqni muhozafa qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekanligi ta’kidlandi.

Ikki bosqichda tashkil qilingan mashg‘ulotlar Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi vakili B. Avazzoda hamda Serbiya Respublikasi IIV Noqonuniy laboratoriyalarni aniqlash va yo‘q qilish departamenti boshlig‘i S. Gajik tomonidan olib borildi. Tinglovchilar sintetik giyohvandlik vositalari va psixofaol moddalarning noqonuniy anlanmasiga qarshi kurashishda xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlari yuzasidan malaka oshirdilar.

Foydali tavsiyalarga boy o‘tgan trening yakunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va IIV akademiyasi vakillariga sertifikatlar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech