Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Trenerlar uchun o‘quv yig‘ini

05 Iyul 2022, 08:07

2329

 

 

Joylarda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Qarshi davlat universitetida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv yig‘iniga 86 nafar hududiy trener jalb qilindi. Mashg‘ulotlarning dastlabki kunida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan malaka oshirish kurslarining maqsadi, komissiyalar a’zolariga qo‘yiladigan talablar, shuningdek uchastka komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonalarini jihozlash, ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati, muddatidan oldin ovoz berish, uchastka komissiyasi tomonidan referendum kuni amalga oshiriladigan vazifalar, ovoz berishni tashkil etish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘quv yig‘ini davomida tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan oltita mavzu bo‘yicha hududiy trenerlar va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zoligiga nomzod (a’zo)larni o‘qitish rejalashtirilgan. Kunlik mashg‘ulotlar nazariy va amaliy tarzda tashkil qilinib, o‘qitishning interfaol pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanish nazarda tutilgan. Malaka oshirish kurslari yakunida ishtirokchilardan test sinovi qabul qilinadi.

Ta’kidlash joizki, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirish, referendum jarayonlari ishtirokchilarining huquqiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sudyalar oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech