Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan navbatdagi onlayn mashg‘ulot yig‘ilganlarda alohida qiziqish uyg‘otda.
Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi dotsenti, politsiya polkovnigi Vyacheslav Stukalov o‘tkazgan mashg‘ulot “Transport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochish bog‘liq jinoyatlarning oldini olish hamda fosh etish” mavzuyiga bag‘ishlandi.
Xorijlik mutaxassis mazkur turdagi jinoyatlarga to‘xtalib, zamonaviy sharoitda ularning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘layotgani, transport vositalari bilan bog‘liq o‘g‘irliklarni fosh etishning samarali usullarini Rossiya tajribasi misolida tushuntirib o‘tdi. Shuningdek mashg‘ulot jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotida qo‘llanilayotgan texnik vositalar namoyish qilindi.
IIV Akademiyasining “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari, mutaxassislik kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashgan onlayn mashg‘ulot mavzuga doir savol-javoblar bilan davom etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati