O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev adib haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi. Chindan ham, Tohir Malik o‘zining barakali ijodi va ibratga to‘la hayotini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga bag‘ishladi. Uning asarlarida odob-axloq, mehr-oqibat va odamiylik fazilatlari targ‘ib qilingan. Yozuvchi ijodidagi g‘oyalar kitobxonni jamiyat illatlaridan ogoh bo‘lishga, inson ruhiyatidagi ba’zi qusurlardan xalos bo‘lishga chorlaydi. Sevimli ustozimiz umrining so‘nggiga qadar ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qildi. IIV Akademiyasining Tillarni o‘rganish kafedrasida kursantlarga saboq berish barobarida, yoshlarni adabiyotga oshno etish, yurtga daxldorlik hissi bilan yashash, xalqimizga muhabbat va sadoqat bilan xizmat qilishga undab keldi.
Yosh avlodning kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir davomida kursantlar ham o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati