Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tizimga yangicha yondashuvlar tatbiq qilinadi

30 May 2022, 09:05

1178

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kriminogen vaziyati murakkab mahallalar o‘rganilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasidagi ustuvor masalalarga bag‘ishlandi.

Aytish joizki, huquqbuzarlik profilaktikasini zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yishda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, hududdagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining hamkorligini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Izchil islohotlar natijasida mazkur faoliyatni takomillashtirishning aniq yo‘nalishlari ishlab chiqilib, tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda har bir mahallaning ijtimoiy ahvolini tahliliy o‘rganish orqali kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning oldini olish, bu borada mahalla faollarining taklif va tavsiyalari asosida samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ilmiy asoslangan holda yaratilgan metodik qo‘llanmalarni amaliyotga keng joriy qilish, aholining huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek tumandagi “qizil hudud” toifasiga kiritilgan mahallalarning muammolari joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech