Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tizimdagi islohotlar tahlil qilindi

25 Yanvar 2025, 04:01

95

IIV akademiyasi magistraturasida sog‘likni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda sog‘likni saqlash vaziri o‘rinbosari Farrux Sharipov, vazirlik mutasaddilari, magistratura professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, aholi salomatligini muhofaza qilish, hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish, sohani raqamlashtirish va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish, farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.

Vazir o‘rinbosari islohotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilga qaratilganini ta’kidlab, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilab olingan ustuvor vazifalarga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv so‘nggida tinglovchilar tizimdagi ayrim muammolar yuzasidan fikr-mulohaza bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech