Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tizim ijobiy samara bermoqda

25 Yanvar 2023, 07:01

781

Ayni kunlarda aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada poytaxtimizing Mirzo Ulug‘bek tumanida ham samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan elektr, gaz va suv ta’minoti bilan bog‘liq holatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, har bir muammo hamjihatlikda hal qilinmoqda.

Joriy yilning 24-yanvar holatiga ko‘ra, bir sutka mobaynida iste’molchilarga 84,9 ming kub metr gaz, 110 ming metr kub ichimlik suvi yetkazib berilgan. Aholidan tushgan murojaatlar asosida yuzaga kelgan nosozliklar o‘z vaqtida aniqlanib, bartaraf qilingan. Bundan tashqari, avtomobil yo‘llari, mahalla va xonadonlar atrofini muz qoplamalardan tozalash ishlari jadal davom ettirilyapti.

Aytish joizki, mavsumni talofatsiz o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarga IIV Akademiyasi xodimlari ham faol hissa qo‘shishmoqda. Buning natijasi esa amaliy sa’y-harakatlarda namoyon bo‘layotir.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech