Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tinglovchilar xorijda malaka oshirdi

15 Mart 2024, 07:03

617

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistrlari Turkiya milliy politsiya akademiyasida malaka oshirdi.

Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga qaratilgan malaka oshirish kursi davomida interfaol mashg‘ulotlar tashkil etilib, politsiya tuzilmalari faoliyati bilan tanishildi.

Jumladan, turkiyalik malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan “Inson resurslarini boshqarish”, “Politsiya faoliyatini boshqarishda rahbarlik ko‘nikmalarining o‘rni”, “Liderlikda muloqot qobiliyati”, “Jamoa psixologiyasi”, “Boshqaruvning zamonaviy shakllari” kabi mavzularda o‘tkazilgan treninglar o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bundan tashqari, tinglovchilar politsiya tizimidagi sohaviy xizmatlar, kadrlarni tayyorlash va malaka oshirishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari faoliyatini o‘rganib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, zamonaviy xavf-xatarlarning oldini olish, kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha malaka oshirdilar.

Ikki haftalik kurslar bo‘yicha tinglovchilar sertifikatga ega bo‘lishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech