Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tinglovchilar Senat yalpi majlisida qatnashdilar

25 Noyabr 2023, 02:11

591

IIV Akademiyasi magistraturasida ta’lim olayotgan tinglovchilar Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbir doirasida Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasida davra suhbati tashkil qilindi. Qo‘mita raisi Qutbiddin Burxonov mamlakatimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar, Senat faoliyati, qonun muhokamalari, senator so‘rovi va hisobot tinglash jarayonlari, yalpi majlislarni o‘tkazish tartibi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ichki ishlar organlarining xalqchilligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar davrida boshqaruv kadrlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar, kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlar yuzasidan o‘z mulohaza hamda tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng tinglovchilar Senatning navbatdagi qirq yettinchi yalpi majlisida qatnashdilar. Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilgan majlisda saylov va referendum o‘tkazish, davlat mulkini xususiylashtirish, Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarini takomillashtirish hamda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq boshqa bir qator qonunlar atroflicha muhokama qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech