Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tinglovchilar malaka oshirdi

01 Iyun 2024, 07:06

535

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan magistrlar uchun Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil qilindi.

O‘quv kursini Boshqaruv akademiyasi boshlig‘i, politsiya general-leytenanti Sergey Sinenko ochib, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar kadrlar malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni almashish uchun ulkan imkoniyat yaratayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan interfaol darslar, amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Tinglovchilar jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni boshqarish, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha malaka oshirib, situatsion o‘quv markazi imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Mashg‘ulotlar yakunida o‘tilgan mavzular tahlil qilinib, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. O‘quv kursi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech