Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tinglovchilar amaliyotga jalb qilindi

24 Oktyabr 2022, 09:10

828

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining magistratura tinglovchilari birinchi o‘quv moduli yakuni bo‘yicha malakaviy va ilmiy amaliyotga jalb qilindi.

Amaliy mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, turdosh oliy ta’lim maskanlari hamda boshqa muassasalarda tashkil etilmoqda.

Magistratura boshlig‘i, polkovnik Bahrom Saidovning ta’kilashicha, malakaviy-ilmiy amaliyot tinglovchilarning o‘quv moduli davomida egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, rahbarlikka oid zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Aytish joizki, dastlabki o‘quv modulida “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari “Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan ishlash faoliyatini boshqarish”, “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari esa “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish” bo‘yicha ta’lim olishdi. Ilmiy va malakaviy amaliyot yakunida tinglovchilardan sinov qabul qilinadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech