IIV Akademiyasida xatshunoslik va lingvistik ekspertizalarning zamonaviy imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, Akademiyaning O‘zbek tili va xorijiy tillar, Kriminalistik ekspertizalar kafedralari professor-o‘qituvchilari, “ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etdi.
Soha vakillari o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni e’tirof etib, hujjatlarning sud-ekspertlik tadqiqotlari, xususan, xatshunoslik va lingvistik ekspertizalarning hozirgi imkoniyatlari, sohaga tatbiq qilinayotgan ilg‘or yangiliklar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir davomida “ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ta’lim jarayonlari haqida mehmonlarga ma’lumot berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati