Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Til masalalariga bag‘ishlangan anjuman

23 Oktyabr 2023, 12:10

733

IIV Akademiyasida Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori” mavzuyida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tilshunos va filolog olimlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan anjumanda o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi muhim vazifalar haqida fikr almashildi.

Tadbirni Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Bobur Dadajonov ochib, ona tilimizning qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi davlat siyosati izchil samara berayotganini, barcha sohalar qatori, ichki ishlar organlari tizimida ham davlat tilida ish yuritilishini ta’minlashda muhim o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi.

Anjumanda “O‘zbek tilining yuksalish yo‘li”, “Davlat tilini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”, “Tilshunoslik masalalari istiqbollari”, “Ona tilining tarbiyaviy-axloqiy jihatlari”, “Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va oldini olish sohasida davlat tilining qo‘llanilishi” va boshqa mavzularda ma’ruzalar qilindi. Soha mutaxassislari va kursant yoshlarning taklif hamda mulohazalari tinglandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech