Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tezkor-qidiruv faoliyatiga bag‘ishlandi

17 Noyabr 2023, 07:11

946

IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiya ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishning dolzarb muammolariga bag‘ishlandi.

Anjumanda Ichki ishlar vazirligining tegishli sohaviy xizmatlari bilan bir qatorda, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari ishtirok etdi.

Soha vakillari tezkor-qidiruv faoliyatini takomillashtirish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash, sohaga oid qonunchilik masalalarini muhokama qilib, ayrim muammolarning yechimlariga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bildirdilar. 

Mazkur sohaning ilmiy asoslarini rivojlantirish, jinoyat-protsessual qonunchilikdagi takrorlanuvchi normalarni alohida tartibda belgilash, uni tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech