Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Terrorizmga qarşi xalqaro hamkorlik

4 Noyabr 2026, 21:56

41

IIV akademiyasida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi kömagida BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi hamda Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi tomonidan brifing ötkazildi.

Terrorizmga qarşi kuraşişda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan tadbirda xorijiy ekspertlar, diplomatik korpuslar, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari, şuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Tadbir avvalida BMT Boş kotibi örinbosari vazifasini bajaruvçisi Aleksandr Zuyev, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markaz (UNRCCA) rahbari Kaxa Imnadze hamda Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamovning çiqişlari tinglandi. Nufuzli anjuman global şaroitda terrorizm va ekstremizm tahdidlarining oldini oliş, mintaqaviy muammolarga yeçim topiş, hamkor davlatlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlaştiriş yölida muloqot maydoni bölib xizmat qilişi ta’kidlandi.

Brifingda Özbekiston va BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi örtasida 2026–2027 yillarga möljallangan hamkorlik böyiça “yöl xarita” doirasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, erişilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar taqdimot qilindi. Şuningdek xalqaro taşkilotning terrorizmga qarşi kuraşişda mintaqa davlatlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan global dasturlari, loyihalari va qöşma taşabbuslari yuzasidan fikr almaşildi. Mazkur yönalişda amaliy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça Özbekistonning faol taşabbuslari alohida e’tirof etildi.

Xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan global çaqiruv va tahdidlarga qarşi kuraşda hamkorlikni kengaytiriş, mintaqaviy konsensusni mustahkamlaş, yangi ustuvor yönalişlar va samarali mexanizmlarni işlab çiqiş, huquqni muhofaza qiluvçi tuzilmalar xodimlari uçun öquv kurslarini taşkil etiş, ilğor tajribalarni almaşiş, hamkor davlatlarning salohiyatini oşiriş muhimligi aytib ötildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech