Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Temuriylar davriga sayohat

25 Avgust 2022, 07:08

875

Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi buyuk sohibqiron Amir Temurning serqirra hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi ma’rifiy maskanlardan biri sanaladi.

“Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari muzey ekspozitsiyalari bilan tanishdilar. Amir Temur va temuriylar davriga oid ko‘plab noyob qo‘lyozmalar, turli buyum va osori-atiqalar mavjud bobokalonimizning mohir sarkarda, adolatpesha hukmdor, ilm-fan va bunyodkorlik homiysi sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirganini yana bir karra namoyon etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech