Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tashabbus, harakat, motivatsiya

20 Fevral 2023, 07:02

864

Qizlar ta’limiga e’tibor mamlakatimizni strategik rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga kiritilgan. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

IIV Akademiyasining kursant qizlari bilan o‘tkazilgan davra suhbati “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi” deb nomlandi. Unda huquqshunos olima, yuridik fanlar doktori, professor Gulchehra Matkarimova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva, shuningdek ta’lim muassasasida xizmat qilayotgan xodima ayollar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar inson qadrini ulug‘lash barobarida, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini e’tirof etishdi. Chunonchi, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputat xotin-qizlar ulushi 32 foizga, Senatda qariyb 25 foizga, boshqaruv lavozimlarida 33 foizga, tadbirkorlik sohasida 35 foizga yetgani, oliy ta’lim tizimida esa bu ko‘rsatkichning 46 foizdan oshgani gender tenglikni ta’minlash siyosatining samarasidir.

Ochiq muloqotda qizlar ta’limini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, salomatligini asrash, ayniqsa turmushga tayyorlash borasida tizimli ishlar qilinayotgani, davlatimizning ulkan e’tibor va g‘amxo‘rligini his etgan holda yoshlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni uchun munosib kadrlar bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Olima ayollarning tavsiya va maslahatlari kursant qizlarga motivatsiya berdi.

Tadbir yakunida badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlar namoyish qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech