Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Targ‘ibot bilan birga, muammolar ham o‘rganilyapti

18 Iyun 2022, 09:06

1272

Yurtimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni manzilli hal etish, mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan poytaxt mahallalarida o‘tkazilayotgan huquqiy targ‘ibotlarda ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangihayot tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ichki ishlar organi mutasaddilari va faollar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda aholi o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollarining hamkorligini kuchaytirish, har bir muammoni hamjihatlikda, manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Chilonzor tumanining “Zarqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan tadbir 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. Tumanga biriktirilgan ishchi guruh mas’ullari fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, oilalar va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish, bu borada mahalla faollari zimmasidagi asosiy vazifalar haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

Xuddi shunday targ‘ibot Yunusobod tumanidagi “Muruvvat”, “Bog‘ishamol”, “Qadrdon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham o‘tkazildi. Uchrashuvda kriminogen vaziyati murakkab hududlarning ahvoli tahlil qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, “fuqarobay” ishlash tizimida mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, yoshlar va xotin-qizlar yetakchilari faoliyatini yanada jonlantirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Aytish joizki, poytaxt tumanlarida ish olib borayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech