IIV Akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari va tashabbuskor iqtidorli kursantlaridan iborat “Targ‘ibotchilar” guruhi tomonidan joylarda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Yosh avlodning vatanparvarlik, fidoyilik, yurtga daxldorlik, mardlik fazilatlarini yuksaltirish, ularda yot g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirishga qaratilgan galdagi targ‘ibot tadbiri IIVning Toshkent viloyatidagi akademik litseyida tashkil etildi.
Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan yangilanishlar, xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ustuvor jihatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy prinsiplari, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yo‘llari, ta’lim tizimida yoshlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida ma’ruzalar qilindi.
Litsey o‘quvchilari kursantlar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati