Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Taraqqiyot” jinoyatdan xoli bo‘lishi kerak

03 Mart 2023, 09:03

989

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida, eng avvalo, aholi muammolariga e’tibor qaratish va hal etish vazifalari turibdi. Buning uchun har bir hudud, mahallada ishni manzilli tashkil etish, yechimini kutayotgan masalalarga imkon qadar yechim topish lozim.

IIV Akademiyasi ishchi guruhining “Taraqqiyot” mahallasidagi faoliyati gulistonliklar uchun foydali muloqotlarga boy bo‘ldi. Mahallaning kriminogen vaziyatini o‘rganish jarayonida fuqarolarni tashvishga solayotgan ko‘plab muammolar tinglandi. Mahalla osoyishtaligiga ta’sir ko‘rsatayotgan sabablar muhokama qilinib, jinoyatlarning oldini olish borasidagi profilaktik ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Mahalla faollarining aytishicha, o‘tgan yili mahalla hududida 17 ta jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida birorta ham jinoyat qayd etilmagan. Bu ham hamjihatlikda olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasi. Biroq mahallani jinoyatdan xoli hududga aylashtirish uchun kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga butunlay barham berish lozim.

Akademiya vakillari ichki ishlar organlari va sektorlar mutasaddilari, mahalla “beshligi” vakillari bilan har bir muammoni joylarga chiqib o‘rganishdi. Jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “fuqarobay” ishlashning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Birinchi navbatda, kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi muammolariga e’tibor qaratish, ijtimoiy masalalarni hal qilish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech