Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tanlovning dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tdi

26 Sentyabr 2023, 08:09

1257

“Yosh kitobxon” tanlovi yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqish va intilishini qo‘llab-quvvatlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirning IIV Akademiyasida o‘tkazilgan dastlabki bosqichida mingdan ortiq kursant va yosh xodimlar faol qatnashdi. Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtiroklarga o‘zbek milliy adabiyotidan saralab olingan 50 ta asar bo‘yicha tuzilgan 25 ta test savoli berildi. 

Kitobxonlar bahsi yakunida 1-o‘quv kursi kursanti Quvonchbek Kutlumurodov va 3-o‘quv kursi kursanti Oqilxo‘ja Nozirxo‘jayev g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning 15-19 hamda 20-30 yosh ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan keyingi (sektor) bosqichiga yo‘l oldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech