Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Taniqli sportchilar bilan uchrashuv

17 Noyabr 2023, 06:11

600

IIV Akademiyasida aralash jang san’ati (MMA) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar organlarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida yoshlarni ushbu sport turi bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro musobaqalarda zafar quchayotgan sportchilarimiz yutuqlarini ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan tadbir kursantlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Unda so‘z olganlar yurtimizda aralash jang sport turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar haqida gapirib o‘tishdi.

Taniqli sportchilar aralash jang san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, texnik va taktik mahoratni oshirish yo‘llari, g‘alabaga erishishda har bir sportchidan talab etiladigan muhim jihatlar haqida so‘zlab, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech