Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Taniqli shoira bilan uchrashuv

04 Noyabr 2022, 10:11

1256

IIV Akademiyasida barpo etilgan “Buyuk sohibqiron Amir Temur” sinfxonasida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi, “Zulfiya” mukofoti sohibasi Guljamol Asqarova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘limi xodimalari, o‘quv-saf qismi qizlar otryadi ofitserlari hamda kursant qizlar ishtirok etdi.

Taniqli adiba xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib, kursant qizlarga zamonaviy ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berdi. Qizg‘in muloqot davomida qizlar tarbiyasining muhim jihatlari, ayniqsa yoshlarni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish, turmushga to‘g‘ri tayyorlash, kelajakda yetuk mutaxassis etib kamol toptirish muhimligi ta’kidlandi.

Shoiraning eng sara ijod namunalari yig‘ilganlarga jo‘shqin kayfiyat ulashdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech