Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ta’limdagi islohotlar samarasi

11 May 2024, 06:05

728

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Sirtqi ta’lim fakulteti tinglovchilarining bitiruv marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy tuzilmalar mas’ul vakillari, akademiya rahbariyati, bitiruvchilar va ularga ta’lim bergan professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbir davlatimiz madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

O‘quv dargohi boshlig‘i Rustam Xatamov so‘z olib, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida inson manfaatlari, xalq roziligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtaldi. Keyingi yillarda ichki ishlar organlarining faoliyat mazmuni tubdan o‘zgarib, aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydigan xalqchil tizim yaratilgani aytildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, ichki ishlar tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan izchil islohotlar ham e’tirof etildi. Akademiya rahbari bitiruvchilarni qutlar ekan, ona Vatanimiz va xalqimizga cheksiz sadoqat bilan xizmat qilish, davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini oqlash har bir xodimning hayotiy mezoni bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchiga “jinoyatlarning oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha diplomlar tantanali ravishda toptishirildi.

Tadbir yakunida hamkor huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda bitiruvchilar so‘zga chiqib, tinglovchilarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech