Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ta’lim – taraqqiyot poydevori

07 Yanvar 2023, 05:01

1347

IIV Akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyat kafedrasi tomonidan poytaxtimizdagi 1-sonli idoraviy akademik litseyda tadbir o‘tkazildi.

Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini zamon talablari darajasida tashkil etish, soha vakillarining pedagogik mahoratini yuksaltirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish tadbirning asosiy maqsadi sanaladi.

Tadbirda tarix fanlari doktori, dotsent Muzaffar Tojiboyev va psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Rustam Dushanov so‘z olib, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarning pirovard maqsadi, mamlakat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning o‘rni, ayniqsa hozirgi murakkab davrda yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashning dolzarb ahamiyati, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ulari va axloqiy-psixologik sifatlarini shakllantirish, ularni buzg‘unchi yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylashda ta’limning samarali yondashuvlarini qo‘llash haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Muloqot qizg‘in munozara ruhida davom etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech