Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ta’lim sifatini oshirish – ustuvor vazifa

04 Sentyabr 2023, 09:09

1261

Yangi o‘quv yili munosabati bilan IIV Akademiyasi saf maydonida o‘tkazilgan tadbirda o‘quv dargohi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi. 

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajabov so‘z olib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi hamda ta’lim muassasasi tashkil topgan sana munosabati bilan qizg‘in muborakbod etdi.

– Muhtaram Prezidentimiz “ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz”, deya ta’kidlab, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratdilar. Bu boradagi dolzarb vazifalardan kelib chiqib, joriy o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘qitishning innovatsion yondashuvlaridan keng joriy qilish, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni maqsad qilganmiz, – dedi Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari.

Tadbirda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, xususan, kursantlarning zamon talablari darajasida bilim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni puxta egallashi, tanlagan ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishi maqsadida yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlarga to‘xtalib o‘tildi.   

Shundan so‘ng “Akademiya a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda “Cho‘lpon” nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘lgan iqtidorli kursantlar tantanali ravishda taqdirlandi.

– So‘nggi bir yilning o‘zida ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar tatbiq qilindi. Puxta bilim olishimiz, xorijiy tillarni o‘rganishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Bu imkoniyatlar yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishimizga yo‘l ochmoqda, – deydi 3-o‘quv kursi kursanti, “Ichki ishlar vaziri stipendiati” faxriy yorlig‘i va “Akademiya a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Samatjon Samatov.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech