Ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or yondashuvlar asosida isloh qilish bugunning talabi. IIV Akademiyasida o‘tkazilgan seminar-trening ana shu maqsadga qaratildi.
Unda O‘quv-uslubiy boshqarma, Ta’lim sifatini nazorat va monitoring qilish markazi, magistratura, Sirtqi ta’lim fakulteti hamda boshqa tarkibiy tuzilmalar vakillari, ixtisoslik, yuridik va umumta’lim kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotda tajribali ekspert Asliddin Odilov ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘quv jarayonida innovatsion texnologiya va yondashuvlardan keng foydalanish, ta’limni monitoring qilish, sifat ko‘rsatkichlarini baholash yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib, sohadagi muammolarning yechimlarini tahlil qildi.
Interfaol usulda o‘tkazilgan seminar-trening ishtirokchilari zamonaviy ta’limning muhim xususiyatlari haqida fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati