Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tahlil faoliyatni yaxshilaydi

17 Oktyabr 2023, 09:10

672

Har bir jinoyatning sababi, unga imkon yaratgan shart-sharoitlari bo‘ladi. Hududlarni o‘rganish orqali kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar aniqlanib, huquqbuzarliklarning barvaqt olish choralari ko‘riladi.

Shu kunlarda IIV Akademiyasining Ma’muriy huquq kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar olib borilmoqda. “Hududbay” ishlash jarayonida mahallalarning kriminogen holati, jinoyatlikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, salmog‘i oshayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari tizimli tahlil qilinmoqda.

Xususan, Xo‘jayli, Nukus, Taxiatosh tumanlarida o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Jinoyatchilik salmog‘i o‘zgarishsiz qolayotgan “Bunyodkor”, “Madaniyat”, “Samanbay”, “Diyxan Arna” va boshqa mahallalardagi muammolar o‘rganilib, har bir hudud bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish, jinoyatchilik ko‘rsatkichini sezilarli kamaytirish, mazkur faoliyatga aholining barcha qatlamlarini jalb qilish yuzasidan takliflar berildi.

Ishchi guruhning respublikadagi o‘rganishlari davomida hududiy ichki ishlar organlariga metodik yordam ko‘rsatishga qaratilgan vazifalar belgilab olingan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech