Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Taqdimotda vakillarimiz ham qatnashdi

27 May 2022, 07:05

1178

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida harbiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan yaratilgan innovatsion dastur va ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, “Vatanparvar” tashkiloti hamda qator ta’lim muassasalaridan vakillar qatnashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rgazmadan yuzdan ziyod konstruktorlik va ilmiy ishlanmalar hamda innovatsion loyihalar o‘rin oldi. Jumladan, IIV Akademiyasining “Smart Akademiya” integrallashgan axborot ta’lim platformasi uchun ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.   

Ko‘rgazma yakunida eng yaxshi ishlanma mualliflari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech