Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Suratlar salkam bir asrdan so‘zlaydi

28 Sentyabr 2023, 10:09

846

Tarixni o‘rganish, o‘tmish bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish, ayniqsa yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muzeylarning o‘rni beqiyos.

IIV Akademiyasi muzeyi o‘tmish va bugunni bog‘lab kelayotgan ana shunday maskan sanaladi. Muzey fondida turli davrlarga oid 100 dan ziyod eksponatlar saqlanadi. Ular orasida o‘tgan asrning 20-30-yillariga oid nodir fotosuratlarni uchratasiz. Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatida qo‘llanilgan qurol-aslahalar, kriminalistik ekspertizalarga mo‘ljallangan uskunalar, turli davrlarga xos xizmat kiyimlari e’tiborni o‘ziga jalb qiladi.

Yoshlarni tarix bilan yuzlashtirish maqsadida kunduzgi ta’limning 1-o‘quv kursida ta’lim olayotgan kursantlar uchun sayohat uyushtirildi. Tadbir chog‘ida sobiq Toshkent o‘rta maxsus va oliy militsiya maktablari hayoti, kafedralar tarixi, o‘tgan yillar mobaynida faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek mustaqillikdan so‘ng o‘quv dargohida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Kursantlar nodir ashyolar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech