Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

SUN’IY INTELLEKT SOHASIDA ENG ILĞOR TAJRIBALAR ÖRGANILADI

28 May 2025, 17:00

1065

IIV akademiyasi va Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiasiyasi (AICA) örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Şu munosabat bilan bölib ötgan uçraşuvda assotsiasiya boşqaruvi raisi Vladimir Norov va akademiya rahbari Rustam Xatamov atrofliça fikr almaşdilar.

Hozirgi globallaşuv şaroitida sun’iy intellekt texnologiyalari jamiyat hayotining barça jabhalarini qamrab olayotgani, sohada qöllanilayotgan innovatsion yondaşuvlar taraqqiyotning jadal sur’atlarda ösişiga muhim omil bölayotgani ta’kidlandi.

AICA boşqaruvi raisi V. Norov davlatimiz rahbari tomonidan ayni sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani, keyingi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş va rivojlantirişga doir qator hujjatlar, xususan, “Sun’iy intellekt – 2030” strategiyasi qabul qilingani, bu borada assotsiasiya tomonidan ustuvor maqsad va vazifalar belgilab olinganini qayd etdi.

Muloqot çoğida içki işlar organlari faoliyatida sun’iy intellektdan foydalaniş istiqbollari, bu borada yeçimini kutayotgan masalalar, kelgusidagi vazifalar, ta’limni raqamlaştirişning afzalliklari haqida söz bordi.

Akademiya rahbari ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş faoliyatning asosiy yönalişlardan biri ekanligini ta’kidlab, sönggi yillarda amaliyotga tatbiq qilingan innovatsion yondaşuvlar, xususan, “Smart-akademiya” plaformasi doirasida amalga oşirilayotgan maqsadli çora-tadbirlarga töxtalib ötdi. Şu yerning özida assotsiatsiya vakillariga ta’lim muassasasidagi yangilanişlarga bağişlangan videorolik namoyiş etildi.

Tomonlar ilğor tajriba va yutuqlarni örganiş muhimligini e’tirof etgan holda Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiasiyasi va IIV akademiyasi örtasidagi hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Şundan söng mehmonlar Ta’lim sifatini monitoring va nazorat qiliş markazi, magistraturada yölga qöyilgan öquv jarayonlari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Axborot-resurs markazining zamonaviy imkoniyatlari bilan tanişib, öquv tezkor-tergov guruhlari uçun möljallangan maxsus transport vositalarini közdan keçirdilar.

Içki işlar organlari uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirişga qaratilgan ilğor yondaşuvlar mehmonlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Şu kunning özida AICA boşqaruvi raisi Vladimir Norov magistratura tinglovçilari va professor-öqituvçilari bilan ham uçraşdi. Muloqotda kibermakonda yuzaga kelayotgan zamonaviy tahdid va xatarlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi kuraşişda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbir iştirokçilari assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari, faoliyati töğrisidagi taqdimot bilan tanişdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech