Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sud vakilidan tavsiyalar

05 Dekabr 2024, 08:12

285

IIV akademiyasida umumyurisdiksiya sudlari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil qilindi.

Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etgan tadbir fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning ichki ishlar organlari bilan hamkorligiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudi (fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati) sudyasi Jasur Sirojov o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Soha vakili ichki ishlar organlari va sudlar hamkorligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish omillariga atroflicha to‘xtaldi.

Muloqot davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech