Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

14 Iyun 2023, 10:06

883

Poytaxtimizda turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurolli Kuchlar akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti va Bojxona instituti kursantlari yakkalik hamda juftlik tarzida bellashdilar.

Jamoamiz tarkibida Zikrillo Tolibxonov, Olovuddin Malikov va Asilbek Sheraliyevlar Akademiya sharafini himoya qilishdi. Quvonarlisi, vakillarimiz musobaqaning yakkalik bahslarini beshinchi, juftlik bahslarini esa birinchi o‘rinda yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Qizg‘in ruhda o‘tgan sport tadbirida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Bojxona instituti, 2-o‘rinni Jamoat xavfsizligi universiteti va 3-o‘rinni IIV Akademiyasi egalladi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech