Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sport – jismoniy faollik garovi

11 Avgust 2023, 06:08

904

Ayni kunlarda ichki ishlar organlari tizimida “Intizom oyligi” uyushqoqlik bilan davom etmoqda. 

Oylik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xodimlar bilan sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari olib borilib, ularning jismoniy tayyorgarligini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Bundan tashqari, antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan xodimlarning jismoniy holati ham nazoratga olingan. Bu kabi tadbirlar shaxsiy tarkibning xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech