Ichki ishlar vazirligi akademiyasida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Temuriylar izdoshlari” mavzuida viktorina o‘tkazildi.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va Iqtidorli kursantlar kengashi faollari tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Kursantlar buyuk bobokalonimiz Amir Temurning hayoti va faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, ilm-fani va madaniyati, “Temur tuzuklari” asari haqida tuzilgan savollardan iborat uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Qiziqarli ruhda o‘tgan viktorina yakunida eng bilimdon jamoa g‘olib bo‘ldi. Tadbir so‘nggida so‘zga chiqqanlar sohibqiron Amir Temur shaxsiyati, uning harbiy va davlat boshqaruvi yo‘nalishidagi strategiyasi, o‘z davri ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, tuzuklaridan parcha o‘qidilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati