Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sohaning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

30 Iyun 2023, 05:06

1298

30-iyun kuni IIV Akademiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Qonun ijodkorlari, huquqni qo‘llovchi hamda muhofaza qiluvchi organlar vakillari, qator yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan olim va tadqiqotchilar ishtirok etgan tadbirda atroflicha fikr almashildi.

So‘zga chiqqanlar “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda ijtimoiy profilaktikaning ahamiyati”, “Jazoni ijro etish tizimida mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash”, “Tergov organlari faoliyat samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni” va boshqa dolzarb mavzularga to‘xtalib o‘tishdi.

Konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor jihatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar anjuman dolzarbligini oshirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech