IIV akademiyasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha trening tashkil qilindi.
Mazkur yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish va soha xodimlarining mahoratini oshirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlar Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.
Trening ochilishida akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov va turkiyalik mehmonlar so‘z olib, O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirning dolzarb ahamiyatini e’tirof etdilar. Global makonda yangidan-yangi tahdidlar paydo bo‘layotgan hozirgi sharoitda kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish manfaatli ekanligi ta’kidlandi.
Qisqa muddatli mashg‘ulotlarga ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari vakillari jalb qilingan. To‘rt kun davomida ular axborot texnologiyalari yordamida sodir qilinayotgan jinoyatlar, ularni fosh etish usullari, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish borasida xorij tajribasining ilg‘or jihatlari, kibermakonda yuzaga kelayotgan xatarlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida zarur bilimlarga ega bo‘lishadi.
Trening yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati