Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Soha fidoyilariga e’tibor

13 Yanvar 2023, 08:01

808

Vatan himoyachilari kuni arafasida IIV Akademiyasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan iste’fodagi xodimlar va ularning oila a’zolari holidan xabar olindi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tashabbusi bilan amalga oshirilgan tadbir el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, soha uchun kadrlar tayyorlashda fidoyilik ko‘rsatgan faxriylarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xususan, iste’fodagi ofitserlar Vladimir Sokolov, Yusuf Niyozov, Zoirjon Roziqov, Abdulhaq Payziyev, Abduvohid Qurbonov, Abdug‘ani Egamberdiyev bilan uchrashuv ustozlarning sharafli kasbini munosib davom ettirayotgan shogirdlar, ayniqsa kursant yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi bo‘ldi. Tadbir bahonasida xonadon egalariga bayram sovg‘alari tuhfa qilindi. 

Shuningdek bayram munosabati bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari ham yo‘qlandi. Marhumlarning hayot yo‘li, yaxshi amallari va insoniy fazilatlari yodga olindi. Davlatimiz tomonidan soha xodimlarining oilalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik dillarga cheksiz quvonch bag‘ishladi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech