Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Soha faxriylari hamisha e’tiborda

04 Oktyabr 2023, 05:10

707

Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish maqsadida oktyabr oyining birinchi haftasida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.

IIV Akademiyasi rahbariyati tashabbusi bilan bir guruh soha faxriylari holidan xabar olindi. Samimiy suhbat chog‘ida ustozlardan ko‘ngil so‘ralib, dono o‘gitlari, pandu nasihatlari tinglandi. 

Haqiqatan ham, hayotning oqu qorasini tanigan nuroniy insonlar jamiyatimiz ko‘rkidir. Ularning ibratli yo‘li, yetuk tajribasi yoshlarni o‘z kasbini qadrlashga, yurt ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.

Haqiqatan ham, hayotning oqu qorasini tanigan nuroniy insonlar jamiyatimiz ko‘rkidir. Ularning ibratli yo‘li, yetuk tajribasi yoshlarni o‘z kasbini qadrlashga, yurt ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Faxriylarni qadrlash maqsadida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda yosh xodimlar ham faol tashabbuskor bo‘lib, “ustoz-shogird” an’analarini davom ettirishga munosib hissa qo‘shishmoqda.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech