Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sog‘lom jamiyat mahalladan boshlanadi

09 Mart 2023, 11:03

927

IIV Akademiyasi vakillari Zafarobod tumanidagi “Chimqo‘rg‘on” mahallasida bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, jinoyatchilik ko‘rsatkichi, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar o‘rganildi.

Joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi. Mazkur mahalla misolida ishlab chiqilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash metodikasi”ning mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi. Bu borada sektorlar rahbarlari, mahalla raisi, hududdagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi va profilaktika inspektori uchun belgilab berilgan asosiy vazifalar tushuntirib o‘tildi. 

Ochiq muloqotlar chog‘ida kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, aholi muammolarini bartaraf etish, “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” tizimga asoslangan ishlarni takomillashtirish, mahalladagi sog‘lom ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga barham berish, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech