Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sinovlar qabul qilindi

15 Iyul 2023, 07:07

2527

IIV Akademiyasining shahodatlangan professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan xizmat, jangovar, jismoniy hamda axloqiy-psixologik tayyorgarlik bo‘yicha sinov qabul qilindi.

Har bir jarayon tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazildi. Xodimlar “Makarov” pistoleti va “Kalashnikov” avtomatidan nishonni mo‘ljalga olish, jangovar qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish, qo‘l jangi usullarini qo‘llash, 100 va 1000 metr masofalarga yugurish, to‘sindan tortilish, shuningdek sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha amaliy hamda test sinovlarini topshirdilar.

  Eslatib o‘tamiz, sinov yakunlari bo‘yicha yetarlli ballarni olgan xodimlarga vazirlikning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjalari asosida tegishli malaka toifalari beriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech