Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Shon-sharaf” muzeyiga sayohat

15 Iyul 2023, 05:07

1380

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyi eksponatlarga boy maskanlardan biri sanaladi. Bu yerda tizim tarixiga oid mingga yaqin ashyolarni miriqib tomosha qilishingiz mumkin.

IIV Akademiyasida ta’lim olayotgan kursant qizlar ushbu majmuaga sayohat qilishdi. Sayohat chog‘ida tizim o‘tmishi, shakllanish bosqichlari, muzeyda saqlanayotgan eksponatlarning ahamiyati haqida so‘zlab berildi. Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash xizmatining vujudga kelishi, turli yillarga taalluqli xizmat kiyimlari, qurollar va maxsus vositalar, mustaqillik yillari tizimda amalga oshirilgan o‘zgarishlar kursantlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Muzeylar tarixdan so‘zlaydi, – deydi Akademiya tarixi muzeyi boshlig‘i, katta leytenant Malika O‘rmonova. – Ayniqsa yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ularning o‘rni beqiyos. “Shon-sharaf” muzeyi bilan tanisha turib, ichki ishlar organlari tarixi haqidagi tasavvurimiz yanada boyidi. Maskan xodimlari bilan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashish borasida fikr almashdik.

Tadbir davomida kursantlar poytaxtimizdagi “Kitob olami” do‘konida ham bo‘lishdi. Kitobsevar yurtdoshlarimiz uchun tashkil qilingan majmuada o‘zbek va jahon adabiyotiga daxldor turli-tuman kitoblar savdoga qo‘yilgan. Tanishuv davomida yoshlar o‘zlari qiziqqan asarlarni xarid qilishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech