Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Shijoat, matonat, mardlik bir bo‘lsa...

25 Avgust 2022, 03:08

1118

IIV O‘quv-dala markazida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan soha faxriylari, Akademiya xodimlari va kursantlar qatnashdi. 

Tadbir avvalida polkovnik Ibrohim Mahmudov yoshi ulug‘ insonlarning hayot tajribasi yosh avlod vakillari uchun ibrat bo‘lishini ta’kidlab, ma’naviy-ma’rifiy tadbir kursantlarning sharafli kasbga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshirishga xizmat qilishini e’tirof etdi. Qizg‘in muloqotda iste’fodagi general-mayor Raim Karimov va iste’fodagi polkovnik O‘tkir Ahmedov ko‘p yillik tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashib, ichki ishlar organlari safida xizmat qilishning sharafli jihatlariga to‘xtaldilar. 

Bundan tashqari, oylik munosabati bilan kursantlar o‘rtasida bellashuvlar uyushtirilib, ularning jismoniy-jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.

Mini futbol musobaqasida o‘g‘il bolalardan tarkib topgan yettita jamoa, basketbol bellashuvida esa qizlar otryadining to‘rtta jamoasi qatnashdi. Ayniqsa o‘q otar qurollardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar qiziqarli kurashlarga boy o‘tganini alohida ta’kidlash joiz. Kursantlar “Kalashnikov” avtomatidan o‘q otish, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, maxsus vositalarni qo‘llash shartlarini bajarib, o‘quv mashg‘ulotlari davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech