Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Shifokordan foydali tavsiyalar

27 Aprel 2022, 10:04

1104

IIV Markaziy poliklinikasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir to‘g‘ri ovqatlanish tartib-taomillari va ortiqcha vaznni keltirib chiqaruvchi odatlarga bag‘ishlandi. 

Unda Akademiyaning kunduzgi ta’lim kursantlari va Tibbiyot xizmati shifokorlari ishtirok etdi. Malakali mutaxassislar sog‘lom turmush tarzining foydali tomonlari, ovqatlanishda amal qilinishi lozim bo‘lgan mezonlar, kamharakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida kelib chiqadigan xastaliklar, vazn me’yorini saqlash yo‘llari, immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar xususida maslahatlar berishdi.

Salomatlikni asrab-avaylashning eng muhim shartlaridan biri jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech