Mustaqillik bayrami oldidan IIV Akademiyasida saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Kadrlar, Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limlari hamda saf qismi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda doimiy va o‘zgaruvchan tarkib a’zolari ishtirok etdi. Ko‘rik davomida ofitser, serjant va safdor xodimlar, kunduzgi ta’lim kursantlarining xizmat kiyimi, hujjat va anjomlari tegishli me’yoriy hujjatlar talablari aosida tekshirildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksida nazarda tutilgan talablar, xizmat kiyimidan foydalanish tartiblari, ish vaqti va undan keyin har bir xodim amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalar tushuntirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati