Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sertifikatlar topshirildi

01 Aprel 2023, 08:04

863

Avval xabar berilganidek, IIV Akademiyasida hududiy ichki ishlar organlari xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv-seminar tashkil etilgan edi.

Uch kun davom etgan o‘quv-seminarda soha vakillari korrupsiyaga qarshi milliy va xalqaro huquqiy normalarning mazmun-mohiyati, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlar, ichki ishlar organlari xodimlarida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda “halollik vaksinasi”ni joriy etish mexanizmlari, korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining vakolatlari, komplayens nazoratning mazmun-mohiyati bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

– Korrupsiya ma’lum bir sohaga emas, balki jamiyatga daxldor muammo hisoblanadi. Mamlakatimizda ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan hozirga sharoitda korrupsiyasiz sog‘lom muhitni qaror toptirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. O‘quv-seminarni tashkil etishdan qo‘zlangan maqsad ham mazkur yo‘nalishdagi izchil chora-tadbirlarning ijrosiga qaratilgan, – deydi IIV Akademiyasining Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi mukofotlash guruhi bosh inspektori, mayor Farhod Meliqulov.  

Mashg‘ulotlar yakunida xodimlardan sinov qabul qilinib, sertifikat berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech