Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Senator magistrlar bilan muloqot qildi

09 Noyabr 2024, 05:11

225

IIV akademiyasi magistraturasida yoshlar siyosatiga oid islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhamedova, magistratura professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etdi.

Senat vakili mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlar Yangi O‘zbekistonning muhim tayanchiga aylanganini ta’kidladi. Chunonchi, so‘nggi yetti yilda yoshlar masalalariga oid yuzdan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimi yo‘lga qo‘yilgani, hududlarda oliy ta’lim qamrovini oshirish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Bu borada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor maqsadlar va ularning pirovard natijasiga e’tibor qaratildi.

Davra suhbatida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topolmayotgan, ayniqsa yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Senat vakili yoshlar siyosatiga oid dolzarb vazifalarga to‘xtalib, tinglovchilarga zarur tavsiyalar berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech